Al Buxoriy Dorululum Dorulfununi – Istanbul shahrida joylashgan, Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan va 11 yillik tajribaga ega ta’lim maskanidir.
Bu yerda siz 4 yillik shar’iy ilmlar dasturi hamda 2 yillik hofizlik kurslari bo‘yicha tahsil olishingiz, shuningdek Turkiya davlat universitetlarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Darslar arab, turk, o‘zbek va pokistonlik shayxlar tomonidan olib boriladi.
(Ta’lim muassasasi erkak talabalar uchun mo‘ljallangan.)
Birinchi yilda asosiy e’tibor arab tilini puxta o‘rganish hamda turk tilini o‘rganishga qaratiladi.
1 yil ichida talabalar arab va turk tillarida kamida B2 darajaga erishadilar.
Bunga qo‘shimcha ravishda Tafsir, Hadis, Fiqh va Aqida fanlari ham o‘qitiladi.
Dastlabki kundan boshlab talabaning ma’naviy va ruhiy tarbiyasiga e’tibor qaratiladi.
Darslar haftasiga 40 soat, haftada 6 kun davom etadi.
Arab tili darslarini arab shayxlar, turk tili darslarini esa turk ustozlar olib boradilar.