Sizlardan kelgan savollarga quyida batafsil javoblar berilgan.***
1. Necha yoshdan qabul qilinadi?
— Yosh chegarasi yo‘q.
2. Bitiruvchilarga qanday hujjat beriladi?
— Qaysi kursda o‘qishingizga qarab, bakalavr, magistr yoki doktorantura diplomi beriladi.
3. Sertifikat ham beriladimi?
— Ha, albatta! Turk tili, arab tili va imomlik qilish bo‘yicha sertifikat beriladi.
4. O‘qish rasmiymi?
— Ha, rasmiy va qonuniy. Siz Turkiya davlatining rasmiy ta'lim muassasasida o‘qiysiz va Turkiya Musulmonlar diniy idorasi qoshidagi Qur’on kursi tayyorlov dasturini o‘tasiz.
5. Arab va turk tilini bilmaydigan boshlang‘ich o‘quvchilar ham o‘qiy oladimi?
— Ha, albatta! 2 yillik tayyorlov va shariat asoslari kursimizda o‘qiydi. Bu 2 yillik kurs davomida siz turk va arab tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston madrasalarida 4 yilda o‘qitiladigan dastur bizda 2 yilda o‘tiladi.
6. Ustozlar kimlar? To‘liq ma’lumot bera olasizmi?
— Ustozlar 10 yillik tajribaga ega arab va turk shayxlari, doktor-professorlardan iborat. Shuningdek, o‘zbek ustozlarimiz ham bor. Barchasi o‘z sohasining yetuk mutaxassislari.
7. Turkiyada sizlarda o‘qigani uchun qonuniy javobgarlikka tortilmaydimi?
— Yo‘q, aslo. Biz 11 yildan beri faoliyat yuritamiz va bunday holat uchramagan.
Sababi — ta’lim dargohimiz Turkiya davlatining rasmiy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu hujra yoki noqonuniy o‘quv joyi emas!
8. Farzandim uchun ovqat va yashash sharoiti qanday?
— Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratdan o‘tgan sifatli taom beriladi. Yotoqxona o‘quv binosi ichida joylashgan bo‘lib, sharoitlar a’lo darajada.
9. Farzandim to‘liq nazorat ostidami?